Bugun 16 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

Uchta davlat Trampni Eronga zarba bermaslikka ko‘ndirdi

Uchta davlat Trampni Eronga zarba bermaslikka ko‘ndirdi

Saudiya Arabistoni, Qatar va Umon AQSh prezidenti Donald Trampni Eronga hujum qilmaslikka ko‘ndirish va Tehronga "yaxshi niyatlarini namoyon etish uchun imkoniyat berish" maqsadida "katta diplomatik sa’y-harakatlar"ni amalga oshirdi.

Bu haqda Agence France-Presse saudiyalik manbaga tayanib ma’lum qildi.

Manbaning aytishicha, ushbu uch davlat keskinlashuv yuz bergan taqdirda mintaqada "juda jiddiy oqibatlar" bo‘lishi mumkinligi haqida Vashingtonni ogohlantirgan. Shuningdek, erishilgan ishonchni mustahkamlash va ijobiy kayfiyatni saqlab qolish uchun muzokaralar davom etayotgani qo‘shimcha qilingan.

Avvalroq Donald Tramp Islom Respublikasiga nisbatan kuch ishlatish imkoniyatini jiddiy ko‘rib chiqayotganini ma’lum qilgan edi.

Kiritildi: Bugun 08:45. O'qildi: 544 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!