Joriy yilning 16 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi va 168-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanib, 1988 yilda tug‘ilgan G‘ayrat Aberayev hamda Tashtish.uz OAVsi xodimlari 1992 yilda tug‘ilgan Azizjon Yuldashev, 2000 yilda tug‘ilgan Sardor Xamidov, 2006 yilda tug‘ilgan Marjona Eshquvvatova hamda 1998 yilda tug‘ilgan Dilshod Nishonovlar prosessual tartibda ushlanganlar.
Hozirda ularning O‘zbekiston Respublikasi JKning 139-moddasi hamda 244/6-moddasida ko‘rsatilgan jinoyatlarga aloqadorliklari tekshirilmoqda.
Holat yuzasidan qo‘shimcha axborot beriladi.