Bugun 16 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

Klopp allaqachon «Real» uchun ikki futbolchini tanlab qo‘ygan

Klopp allaqachon «Real» uchun ikki futbolchini tanlab qo‘ygan

Yurgen Klopp bosh murabbiy etib tayinlangan taqdirda "Real" tarkibini qayta qurish rejasini o‘ylab qo‘ygan. Bu haqda TEAMtalk Ispaniyadagi manbalariga tayanib xabar berdi.

Qayta qurish doirasida Klopp "Real"dan hujumchi Vinisius Juniorni ketkazishni istamoqda. Germaniyalik murabbiy hujum qanotida braziliyalik futbolchining o‘rnini hozirda "Atletik" sharafini himoya qilayotgan Niko Uilyams egallashini istamoqda.

Kloppning yana bir istagi - yarim himoyachi kelishi va u orqali jamoa o‘yini qurilishi. Germaniyalik mutaxassisga hammasidan ham "Nyukasl" sharafini himoya qilayotgan Bruno Gimaraes yoqadi.

Avvalroq matbuotda Klopp "Real" taklifini ko‘rib chiqishga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Kiritildi: 23:49 15.01.2026. O'qildi: 304 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!