Bugun 16 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

Klopp «Real» yulduzini jamoadan haydaydi

Klopp «Real» yulduzini jamoadan haydaydi

Yurgen Klopp kelasi yozda "Real"ni boshqarishi mumkinligi aytilmoqda. Nemis agar Madriddan taklif tushsa, uni qabul qilishga tayyor emish.

TEAMtalk’ning Ispaniyadagi manbalariga tayanib xabar berishicha, Klopp "Real" bosh murabbiyi etib tayinlangan taqdirda hujumchi Vinisius Junior bilan xayrlashadi. Braziliyalikning ketishi nemis mutaxassisining "Santyago Bernabeu"dagi qayta qurishining bir qismidir.

Amaldagi shartnoma Vinisius Juniorni "Real" bilan 2027 yilning yarmigacha bog‘lab turadi. Yurgen Kloppga kelsak, u 2025 yil boshidan beri "Red Bull" futbol tizimida ishlaydi.

Kiritildi: 23:34 15.01.2026. O'qildi: 333 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!