Bugun 16 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

Grenlandiya tashqi ishlar vaziri yig‘lab yubordi

Grenlandiya tashqi ishlar vaziri yig‘lab yubordi

Oq uydagi uchrashuvdan so‘ng Grenlandiya tashqi ishlar vaziri yig‘lab yubordi.

Odatda vazmin va o‘zini ushlab turadigan Vivian Mosfeldt AQSh rasmiylari bilan uchrashuvdan keyin bergan intervyusida yig‘lab yubordi, deb xabar berdi Grenlandiyaning KNR radiostansiyasi.

Daniya va Grenlandiya tashqi ishlar vazirlari AQSh Davlat kotibi Marko Rubio va vise-prezident Vens bilan muzokaralari boshlaganlaridan bir yarim soat o‘tmay Oq uyni tark etishdi. Daniya tashqi ishlar vaziri orol masalasida AQShning pozisiyasi o‘zgarmaganligini aytdi.

Oldinroq ijtimoiy tarmoqlarda Grenlandiya Daniya vakillarining Oq uyni tark etganidan so‘ng parkovkada asabiylashgan holda tamaki chekayotgan videosi tarqalgan edi.

Kiritildi: Bugun 12:50. O'qildi: 997 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!