Bugun 17 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Kreml Kiyevni AQShning tinchlikparvarlik harakatlarini qo‘llab-quvvatlashni istamayotganlikda aybladi

Kreml Kiyevni AQShning tinchlikparvarlik harakatlarini qo‘llab-quvvatlashni istamayotganlikda aybladi

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Ukraina va shaxsan Vladimir Zelenskiy mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilishga tayyorlik ko‘rsatmayotganini bildirdi.

Kreml vakilining so‘zlariga ko‘ra, Kiyevning harakatlari AQShning tinchlik jarayonini qayta tiklashga qaratilgan sa’y-harakatlariga zid kelmoqda.

Peskov, shuningdek, Ukraina Rossiyaning neftni qayta ishlash zavodlari va energetika infratuzilmasining boshqa ob’ektlariga zarba berishda davom etayotganini ta’kidladi.

«Aslida, Ukraina tomonidan hech qanday moratoriy bo‘lmagan», — dedi u Rossiya vise-premyeri Aleksandr Novakning bayonotini eslatib.

Kremlning ta’kidlashicha, energetika ob’ektlariga zarbalar davom etayotgani Vashingtonning tinchlik yo‘li bilan kelishuvga erishishga qaratilgan urinishlari fonida Ukraina tomonining harakatlarida o‘zgarish bo‘lmayotganini ko‘rsatadi.

Kiritildi: 09:15 16.10.2026. O'qildi: 1012 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!