Rossiya va AQSh o‘rtasidagi muzokaralarning boshlanishi Moskva va Tehronning kelgusi hamkorligiga ta’sir ko‘rsatmaydi.
Bu haqda Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov bayonot berdi.
"Moskva va Tehron o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik jarayoni Rossiya-Amerika munosabatlari bilan hech qanday bog‘liq emas," - deya javob qaytardi Peskov IRNAning AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiyadan Eron bilan hamkorlikni to‘xtatishni talab qilgan taqdirda Kremlning pozisiyasi qanday bo‘lishi haqidagi savoliga.