Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
Kreml vakilining so‘zlariga ko‘ra, Moskva bu kabi harbiy hujumlarga Vashington tomonidan aniq va prinsipial baho berilishini umid qilgan, biroq hozircha bunday munosabatni kuzatmagan.
Peskov Kreml Oq uyning xalqaro xavfsizlikka tahdid soluvchi harakatlarga, xususan, Rossiya hududidagi harbiy ob’ektlarga qilingan hujumlarga nisbatan ochiq va keskin pozisiya bildirishini kutayotganini ta’kidladi.
"Kecha bo‘lib o‘tgan telefon suhbatida AQSh prezidenti haqiqatdan ham “Kiyev rejimi” tomonidan bu terrorchilik harakati tayyorlangani haqida hech qanday ma’lumotga ega bo‘lmaganini aytdi. Ammo agar xalqaro baholash haqida gapiradigan bo‘lsak, albatta, biz eng kamida bu terrorchilik harakati bo‘yicha qat’iy qoralovchi fikr eshitishni afzal ko‘rgan bo‘lardik", — dedi Peskov.