Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Kreml Anqarani Suriyadagi beqarorlikning oldini olishga chaqirdi

Kreml Anqarani Suriyadagi beqarorlikning oldini olishga chaqirdi

Kreml Turkiyaning Suriyada uning xavfsizligiga tahdid solishi mumkinligi haqidagi qonuniy xavotirini tushunadi, biroq bu mamlakatdagi vaziyatni beqarorlashtirishga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlarni amalga oshirmaslikka chaqiradi, dedi prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

Brifingda undan prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning Suriyada kurdlarga qarshi harbiy operasiya boshlash rejalariga izoh berish so‘ralgan.

Peskov 5 avgust kuni Sochidagi sammitda Rossiya va Turkiya prezidentlari Suriyadagi vaziyatni muhokama qilishiga ishonch bildirdi.

“Ha, Turkiyaning qonuniy xavfsizlik xavotirlari bor, biz buni albatta hisobga olamiz”, dedi u.

Shu bilan birga, Peskov “Suriyadagi vaziyatni beqarorlashtirishga olib kelishi mumkin bo‘lgan yoki Suriyaning hududiy va siyosiy yaxlitligini xavf ostiga qo‘yadigan har qanday harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik juda muhim”, deb ta’kidladi.

Kiritildi: 18:42 05.08.2022. O'qildi: 2395 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!