Rossiya va AQShning amaldagi ma’muriyati o‘rtasidagi qayta tiklangan muloqot bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan va muntazam ravishda amalga oshirilmoqda. Bu haqda Rossiya Federasiyasi prezidentining yordamchisi Yuriy Ushakov jurnalistlarga ma’lum qildi.
"Ta’kidlab o‘tmoqchimanki, Rossiya prezidenti amaldagi Amerika ma’muriyati bilan qayta tiklangan muloqot davomida ko‘tarilayotgan barcha masalalarga jiddiy e’tibor qaratmoqda," - dedi u.
Ushakovning aytishicha, Putin Trampning signalini qabul qilgan va agar Kiyev qurollarini tashlashni va taslim bo‘lishni buyursa, Kursk viloyatida qurshovda qolgan ukrainalik harbiylarning hayotini va ularga munosib munosabatda bo‘linishini kafolatlagan.
"Hozirgina ko‘rib va eshitganingizdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh prezidenti Donald Trampning Ukraina Qurolli Kuchlari kirib borgan hududda, Kursk viloyatida qurshovda qolgan va amalda o‘rab olingan minglab ukrainalik askarlarning taqdiri haqidagi murojaatiga ijobiy munosabat bildirdi," - dedi Ushakov jurnalistlarga.
"AQSh prezidentining signali qabul qilindi va prezidentimiz, agar Kiyev o‘z harbiy xizmatchilariga qurollarini topshirish va taslim bo‘lish haqida buyruq bersa, ukrainalik harbiy xizmatchilarga hayot kafolati va munosib muomala qilinishini va’da qildi," deya u qo‘shimcha qildi.