Olingan kreditlar shartnomada belgilangan tartibda qaytarilmasa, kredit qarzdorligi sud tartibida undirilib, undiruv qarzdorning mol-mulkiga qaratilishi mumkin.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tumanlararo sudining 10.12.2024 yildagi sud hujjatiga ko‘ra undiruvchi “Mikrokreditbank” ATB foydasiga qarzdor D.Xamidovadan 22.043.548 so‘m undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning G‘ijduvon tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.
Qarzdor ijro hujjati mazmuni bilan tanishtirilib, bartaraf qilish uchun ixtiyoriy muddat berilgan hamda bir necha marotaba ogohlantirilgan bo‘lsada, ijro hujjati talablarini ixtiyoriy ravishda bajarmagan.
Ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishlibo‘lgan avtotransport vositasi vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan so‘ng, qarzdorlik bartaraf qilingan.
Hozirda, mazkur tadbirlar davom ettirilmoqda.