Bugun 28 noyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

KREDIT OLGAN FUQARO VAFOT ETSA, QARZNI KIM TO‘LAYDI?

KREDIT OLGAN FUQARO VAFOT ETSA, QARZNI KIM TO‘LAYDI?

— Kredit olgan ayol vafot etdi. Kafil sug‘urta qilingan. Kredit qarzini endi kim to‘laydi?

Ismi sir tutildi

Murojaatga fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudi sudyasi Aziz RAXMONOV javob berdi:

— Fuqarolik kodeksining 744-moddasiga binoan, kredit shartnomasi bo‘yicha bir taraf – bank yoki boshqa kredit tashkiloti (kreditor) ikkinchi tarafga (qarz oluvchiga) shartnomada nazarda tutilgan miqdorda va shartlar asosida pul mablag‘lari (kredit) berish, qarz oluvchi esa olingan pul summasini qaytarish va uning uchun foizlar to‘lash majburiyatini oladi.

Shu o‘rinda savol tug‘iladi, bank tomonidan kredit oluvchiga ajratilgan kredit mablag‘i va unga hisoblanadigan foizlar qarzdor tomonidan taraflar o‘rtasida imzolangan kredit shartnomasiga muvofiq, o‘z vaqtida yoki to‘liq qaytarilmagan, shuningdek kredit oluvchi vafot etgan taqdirda kreditni kim to‘laydi?
Tijorat banklari tomonidan aholiga ajratilgan kredit va unga hisoblanadigan foizlarning ta’minoti sifatida garov, kafillik, kreditni sug‘urtalash va boshqa shu kabi shartnomaviy munosabatlar amalga oshiriladi.

Fuqarolik kodeksining 914-moddasiga binoan, sug‘urta fuqaro yoki yuridik shaxs (sug‘urta qildiruvchi) sug‘urta tashkiloti (sug‘urtalovchi) bilan tuzadigan mulkiy yoki shaxsiy sug‘urta shartnomalari asosida amalga oshiriladi.

Kredit va unga hisoblanadigan foizlarni qaytarish sug‘urta qilingan hollarda qarzdor tomonidan kredit shartnomasiga muvofiq kredit va unga hisoblangan foizlar qaytarilmagan, shuningdek kredit shartnomasi qarzdor tomonidan lozim darajada bajarilmaganda, agar ushbu holat sug‘urta tashkiloti tomonidan sug‘urta hodisasi sifatida baholangan taqdirda, kredit va unga hisoblangan foizlar tegishli sug‘urta tashkiloti tomonidan to‘lab beriladi.

Aynan qanday holatlar sug‘urta hodisasi sifatida baholanishi, bevosita sug‘urta shartnomasida ko‘rsatiladi yoki yuz bergan hodisa o‘rganish jarayonida aniqlanadi.
Agar kredit shartnomasi bo‘yicha kredit oluvchi (qarzdor) vafot etgan bo‘lib, ajratilgan kredit va unga hisoblangan foizlar qaytarilmaganligi sug‘urta hodisasi sifatida baholangan yoki ushbu holat bevosita sug‘urta shartnomasida nazarda tutilgan hollarda kredit qarzdorligi tegishli sug‘urta tashkiloti tomonidan to‘lab berilishi lozim.

Kiritildi: 09:48 06.05.2022. O'qildi: 11663 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!