Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Kredit mablag‘larini talon-toroj qilish holatlari aniqlandi

A A A
Kredit mablag‘larini talon-toroj qilish holatlari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jondor tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “J.T.” ishlab chiqarish kooperativi rahbari B.T. “A.Q.” MCHJ rahbari A.H. bilan o‘zaro til biriktirib, tijorat banki filialidan ajratilgan 647 mln so‘m kredit mablag‘larini 32 nafar fuqaroning issiqxona faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun yo‘naltirmasdan, ushbu mablag‘larni moliyaviy yordam sifatida 3 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ektining hisob raqamiga o‘tkazish orqali naqdlashtirib olganligi aniqlangan.

Shu kabi, Departamentining Qumqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “G.Sh.” NTT rahbari K.M. va boshqalar tijorat banki filialidan xususiy sherikchilik asosida 100 o‘rinli zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti qurish uchun ajratilgan 1,6 mlrd so‘m kreditni o‘zining norasmiy boshqarib kelgan “O’.-F.” MCHJga o‘tkazib, 356,7 mln so‘mni rasmiy hujjatlarga soxta ma’lumotlar kiritish orqali o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Departamentning Dehqonobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa, “A.S.” fermer xo‘jaligi rahbari N.N. hudduiy tijorat bankidan 12 nafar fuqaroga chorva mollari yetkazib berish uchun ajratilgan 349,5 mln so‘m imtiyozli kredit mablag‘larini rasmiy hujjatlarga soxta ma’lumotlar kiritish orqali o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 15:57 01.02.2024. O'qildi: 1067 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!