Bugun 2 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Koronavirusning uchta yangi alomati aniqlandi

A A A
Koronavirusning uchta yangi alomati aniqlandi

Britaniyalik olimlar tomonidan koronavirusning uchta yangi alomati aniqlandi. Yangi alomatlar qatorida olimlar kasallanganlarning oyoqlarida pufakchalar paydo bo‘lishi, shuningdek charchoqning kuchayishi, holsizlik, ko‘krak qafasidagi og‘riqlarning paydo bo‘lishini ta’kidlagan

Qayd etilishicha, ko‘p uchraydigan alomatlarga esa isitma va mushak og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi va qayt qilish, bosh og‘rig‘i, nafas olish muammolari, burun tiqilishi va yo‘talni misol keltirish mumkin. Ushbu alomatlar gripp virusi bilan juda o‘xshash, shuning uchun odamlar ko‘pincha COVID-19 bilan kasallanganligini bilmaydi.

Shuningdek, tadqiqot davomida Buyuk Britaniyaning har beshinchi fuqarosi karantin choralarini jiddiy qabul qilishi va o‘zini yakkalash rejimiga rioya qilishi aniqlandi. 

Ushbu mamlakatda tibbiyot xodimlari koronavirusni tekshirishga talab oshganligi haqida xabar berishmoqda va ba’zi shifoxonalar yangi holatlar oqimiga dosh berolmayapti. Shu sababli koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar uchun yangi shifoxonalar qurish uchun shoshilinch choralar ko‘rish zarur.

Kiritildi: 17:41 17.10.2020. O'qildi: 4033 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!