Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Koronavirusning bolalar uchun xavfli tomonlari ma’lum bo‘ldi

Koronavirusning bolalar uchun xavfli tomonlari ma’lum bo‘ldi

Bolalarda koronavirusning xavfli oqibatlari kognitiv funksiyalarning pasayishi, shuningdek, kelajak avlodlarda bepushtlik tahdidida namoyon bo‘lishi mumkin. Bu haqda Rossiya Pediatrlar ittifoqi ijroiya qo‘mitasi raisi Leyla Namazova-Baranova ma’lum qildi. 

Uning ta’kidlashicha, COVID-19 bilan kasallangan bolalarni tekshirgandan so‘ng olimlar bemorlarning 30 foizida kognitiv funksiyalarning pasayishini aniqladilar. Shu munosabat bilan shifokor har qanday shaklda koronavirus infeksiyasini boshdan kechirgan bolalarni yanada ehtiyotkorlik bilan kuzatishga chaqirdi.

Kasallikning oqibatlarini o‘rganish urologlar bilan birgalikda o‘tkazildi. Namozova-Baranovaning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus infeksiyasiga chalinganidan so‘ng o‘g‘il bolalarda spermatogenezda jiddiy o‘zgarishlar yuz beradi.

Kiritildi: 17:49 26.10.2020. O'qildi: 2590 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!