Qozog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boshqarmasi 2019-2020 yillarda chaqaloqlarga eng ko‘p qo‘yilgan ismlarni ma’lum qildi.
Vazirlikning Facebook sahifasida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, o‘g‘il bolalar orasida qatorasiga ikkinchi yil Alixan, Aysultan va Nurislam ismlari kuchli uchlikni egallab turibdi. O‘tgan yilda tug‘ilgan 4268 nafar chaqaloqqa Alixan, 3270 nafariga Aysultan, 2528 nafariga Nurislam ismi berilgan. Bu yil esa Alixanlar 1204 taga, Aysultanlar 841 taga, Nurislamlar 765taga ko‘paydi.
Qizlardan esa 2019 yilda Rayana (5601), Medina (5320), Ayzere (4510) ismlari kuchli uchlikni egallagan bo‘lsa, bu yil Medina (1289), Asilim (1183), Rayana (1172) ismlari oldinda bormoqda.