Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Koronavirusni yengishdagi asosiy to‘siq ma’lum qilindi

Koronavirusni yengishdagi asosiy to‘siq ma’lum qilindi

Pandemiyaga qarshi kurash koronavirusni yengishda katta to‘siqqa aylanishi mumkin bo‘lgan suiiste’mollik va korrupsiya uchun zamin yaratmoqda.

Bu haqda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish videomurojaati davomida ma’lum qildi.

«Korrupsiya jinoiy, axloqsiz va jamoat ishonchiga qarshi eng jirkanch xiyonatdir. Inqiroz paytida - dunyo COVID-19 pandemiyasini boshdan kechirayotgan hozirgi kunda u yanada xavflidir», - dedi BMT Bosh kotibi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumatlar hayotni saqlab qolish uchun tibbiyot buyumlarini sotib olish kabi shoshilinch choralar ko‘rishga majbur bo‘lishi natijasida bozorga COVID-19da sifatsiz bo‘lgan tibbiy uskunalar, dori-darmonlar va testlar kirishi mumkin.

«Ta’minot zanjirlarini nazorat qilayotganlarning o‘zaro kelishuvlari esa eng zaruriy tovarlar narxlarining shafqatsiz tarzda o‘sishiga olib keldi, bu esa o‘z navbatida, bozordagi vaziyatni izdan chiqardi va ko‘plab odamlarning hayotini saqlab qoluvchi davolanish imkoniyatidan mahrum qildi», dedi Guterrish mamlakatlarni suiiste’mollik va korrupsiyani tugatishga, unga qarshi kurash institutlarini qo‘llab-quvvatlashga hamda global pandemiya sharoitida ularning rolini kuchaytirishga chaqirarkan.

Kiritildi: 20:24 17.10.2020. O'qildi: 3180 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!