Rossiyaning N.F.Gamaleya nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan ishlab chiqilgan «Sputnik V» vaksinasini yaqin orada bolalarda sinab ko‘rish boshlanishi mumkin. Bu haqda markaz direktori Aleksandr Ginsburg aytib o‘tdi.
«Rossiya-24» telekanaliga bergan intervyusida Ginsburg Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi bolalarda preparatni o‘rganish ishlarini olib borish masalasini doimiy ravishda hal qilishga harakat qilayotganini aytib, bugungi kungacha ushbu masala yuzasidan aniq to‘xtamga kelinmaganini bildirgan.
Shuningdek, u Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko ushbu masala bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazganini va ehtimol, sinov yaqin bir necha hafta ichida boshlanishini ta’kidlagan.