Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Koronavirusga chalingan bemor shifokorni nega kaltaklaydi? Mutaxassis javob berdi

Koronavirusga chalingan bemor shifokorni nega kaltaklaydi? Mutaxassis javob berdi

Dahshatli tashxis bemorlarning ruhiyatiga ta’sir qiladi. Qozog‘istonlik shifokorlar koronavirusga chalingan bemorlarning tibbiy xodimlarga nega musht tushirishlarini tushuntirdi, deya xabar beradi NewTimes.kz axborot agentligi Astana TV kanaliga tayanib.

Psixologlar hatto bunday odamlar bilan ishlashga jalb qilingan. Bemorlar faqat o‘zlarining tashxisi haqida bilishganda, betartib munosabatda bo‘lishadi. Ba’zi bemorlar hatto shifokorlarga musht tushirishadi.

“Bu shok, tajovuz, g‘azab. Ammo, menimcha, bu odamlarning odatdagi munosabati. Bemorlar juda salbiy munosabatda bo‘lishadi, tashxisni tasdiqlashni talab qilishadi, laboratoriya raqamini so‘rashadi, materialni yig‘ish va laboratoriyaga yetkazib berishning ishonchliligiga shubha bilan qarashadi", dedi yuqumli kasalliklar shifokori, qozog‘istonlik Gulnar Iskakova.

“Shunisi aniqki, koronavirusga chalinganini bilgan bemor darrov aybdorni izlashga tushadi. Agar ayb kimda yoki nimada ekanligini bilsa, tajovuz holatidan chiqishi mumkin. Bordiyu aybdorni topa olmasa, jazolaydigan odamni "sun’iy tarzda" tanlaydi. Bular, odatda, shifokorlar bo‘lishadi, dedi", – dedi psixoterapevt Dinara Ayagoanova. Uning fikricha, koronavirusga chalingan bemorlar bilan, albatta, ruhshunoslar ishlashi kerak.

Kiritildi: 13:07 23.05.2020. O'qildi: 3259 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!