Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Koronavirus: Sentyabr oyida qahva iste’moli kamayishi mumkin

Koronavirus: Sentyabr oyida qahva iste’moli kamayishi mumkin

Koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq cheklovlar sharoitida iste’molchilar tanlovidagi global o‘zgarishlar bu yil qahva bozoriga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi, deb yozadi "The Wall Street Journal". 

Xususan, Lotin Amerikasida yetishtiriladigan  Arabika  qahvasi (ushbu navli  kahva yumshoq va nozik ta’mga ega, sezilar sezilmas nordon bo‘lib, ayniqsa kafe va restoranlarda mashhur)  fyucherslari Nyu-York fond birjasida 2020 yil boshidan buyon deyarli 9 foizga tushib ketdi. 

Ko‘pincha espresso aralashmasida yoki tezkor qahvalarda ishlatiladigan Robusta kahva loviyasi fyucherslari London fond birjasida 3 foizga arzonlashdi. Vyetnamda keng tarqalgan bu nav Arabikaga qaraganda kuchli va achchiq qahva hisoblanadi.

"Interfaks" tahlilchilariga ko‘ra, COVID -19 pandemiyasi va shu bilan bog‘liq cheklov choralari, shu jumladan, oziq-ovqat do‘konlarining yopilishi, qahva qayerda va qanday shaklda iste’mol qilinishini o‘zgartirib, talabni aniq hisoblashni qiyinlashtirmoqda. Shu bilan birga, jahon qahva bozori yana bir katta muammoga duch kelishi mumkin. Dunyoning  eng yirik qahva ishlab chiqaruvchisi bo‘lgan Braziliyada joriy  mavsumda mo‘l hosil  yig‘ib olinishi  kutilmoqda.  Bu qahva narxlarining tiklanishiga tahdid soladi.

USDA bashoratiga ko‘ra, sentyabr oyida 2011 yildan beri birinchi marta qahva iste’moli kamayadi. Kelgusi yilda u atigi 1,5 foizga ko‘payishi  mumkin.
 

Kiritildi: 18:28 05.08.2020. O'qildi: 2918 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!