"Tottenxem" hujumchisi Son Xyon Min Angliya Premyer-Liga 16-turi doirasida "Nyukasl" bilan o‘yinda (4:1) gol urishga erishdi.
Shunday qilib, Son o‘zining qatorasiga sakkizinchi mavsumida 10 ta gol urishni uddaladi. Tarixda bunday futbolchilar koreyalik bilan yetti nafarni tashkil qiladi.
Avvalroq, bunday natijaga faqatgina Ueyn Runi (qatorasiga 11 mavsum), Frenk Lempard (10), Serxio Aguero, Xarri Keyn (har ikkisi — 9 mavsumdan), Tyerri Anri va Sadio Mane (har ikkisi — 8) erishgandi.