Koreya hukumati O‘zbekistonda statistika tizimini yanada rivojlantirish maqsadida 3,8 mln dollarlik grant ajratdi. 2025–2028 yillarga mo‘ljallangan “Statistika salohiyatini oshirish” loyihasi doirasida raqamli texnologiyalar, xalqaro standartlar va innovasion yechimlar joriy etiladi.
CATI — kompyuter yordamida intervyu qilish tizimi
Ma’muriy ma’lumotlar integrasiyasi
Hodimlar uchun xalqaro o‘quv kurslari
Zamonaviy o‘quv xonalari va uskunalar
Bu loyiha O‘zbekistonni ilg‘or statistika tizimiga ega mamlakatlar qatoridan joy olishiga xizmat qiladi. Yangi imkoniyatlar, yuqori sifatli tahlillar va ishonchli ma’lumotlar — barchasi aholi manfaati uchun!
Innovasiya va shaffoflik sari yana bir muhim qadam!