Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Koreya Respublikasi Prezidentini tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi

A A A
Koreya Respublikasi Prezidentini tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi

14 iyun kuni Ko‘ksaroy qarorgohida mamlakatimizga davlat tashrifini amalga oshirayotgan Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yolni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Qarorgoh oldidagi maydonda ikki davlat bayroqlari ko‘tarildi va faxriy qorovul saf tortdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy qarshi oldi va shohsupaga taklif qildi. Davlat madhiyalari yangradi.

Harbiy orkestr sadolari ostida yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tdilar hamda rasmiy delegasiyalar a’zolarini bir-birlariga tanishtirdilar.

Birgalikda suratga tushilgandan so‘ng tor doiradagi muzokaralar boshlandi.

Kiritildi: 11:46 14.06.2024. O'qildi: 1635 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!