Bugun 18 avgust, 2025 yil, dushanba

КИР

Kontrakt pulini to‘lolmasangiz, ta’lim krediti oling!

Kontrakt pulini to‘lolmasangiz, ta’lim krediti oling!

Ta’lim krediti oliy va professional ta’lim tashkilotlarida o‘qiyotgan talaba va o‘quvchilarga ajratiladi.

Kredit shartlari:
• yillik stavka – 14% (MB asosiy stavkasida);
• miqdori – oliy ta’lim muassasasida shartnoma asosidagi yillik kontrakt miqdorida;
• muddati – o‘qishni tugatgandan so‘ng yettinchi oydan boshlab, 7 yil muddatga.

Kredit olish uchun qanday hujjatlar talab etiladi?
• shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
• oliy ta’lim muassasasi bilan tuzilgan shartnoma nusxasi;
• ta’minot hujjatlari.

Talaba xotin-qizlar ta’lim krediti foizlarini to‘lashdan ozod etiladi! Xotin-qizlarga ajratiladigan ta’lim krediti bo‘yicha foiz to‘lovlari Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi tomonidan tijorat banklariga to‘lab beriladi.

Ta’lim krediti rasmiylashtirish uchun arizalarni bank ofislarida va Talim-krediti.mf.uz portali orqali qoldirish mumkin.

Kiritildi: 06:04 13.08.2025. O'qildi: 873 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!