 
        2025 yil 29 oktyabr kuni Turk Madaniyati va Merosi fondi prezidenti, xonim Aqtoti Raimqulova Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisi (Parlamenti) tomonidan Ozarbayjon Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinganiga 30 yil to‘lganligi munosabati bilan tashkil etilgan “Konstitutsiya – zamonaviy dunyoda davlatlar mustaqilligi va suverenitetining asosi” mavzusidagi xalqaro parlament konferensiyasida nutq so‘zladi.
Tadbirning maqsadi — konstitutsiyalarning davlatlarning huquqiy poydevorini mustaxkamlashdagi ahamiyatini yoritish, shuningdek, demokratik taraqqiyot, inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlashda konstitutsiyaviy qadriyatlarning o‘rnini ta’kidlash edi.
O‘z nutqida Turk Madaniyati va Merosi fondi prezidenti xonim Aqtoti Raimqulova Ozarbayjon xalqi va hukumatini ushbu muhim sana bilan tabriklab, 1995 yilda qabul qilingan Konstitutsiya zamonaviy Ozarbayjonning barqarorligi, qonun ustuvorligi va inson huquqlarini himoya qilish uchun asos bo‘lganini, shuningdek, mamlakat mustaqilligi va suverenitetini mustaxkamlashda hal qiluvchi rol o‘ynaganini qayd etdi. U, shuningdek, ushbu hujjat Milliy Lider Janob Haydar Aliyevning dono rahbarligi ostida yaratilganini va Prezident Janob Ilhom Aliyev rahbarligida amalga oshirilayotgan muvaffaqiyatli islohotlar tufayli yanada mustaxkamlanganini ta’kidladi.
Xonim Raimqulova 2025 yilning Prezident Ilhom Aliyev tomonidan “Konstitutsiya va Suverenitet yili” deb e’lon qilinishi mamlakat suvereniteti va hududiy yaxlitligining to‘liq tiklanishini ifodalayotganini, konstitutsiyaviy tamoyillarning barcha hududlarda, jumladan, Qorabog‘ va Sharqiy Zangezurda tatbiq etilishi Ozarbayjon tarixida faxr bilan qayd etiladigan voqea bo‘lishini ta’kidladi.
Tadbirga Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisi (Parlamenti) Spikeri Sahiba Gafarova raislik qildi. Konferensiyada, shuningdek, Qozog‘iston parlamenti a’zosi Aydos Sarim, Turkiya Buyuk Millat Majlisi a’zosi Shamil Ayrim, O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurash qo‘mitasi raisi Abdulxakim Eshmuratov, Birlashgan Arab Amirliklari Federal Milliy Kengashi spikeri Saqr G‘obash, Belarus Respublikasi Milliy Majlisi Respublika Kengashi rais o‘rinbosari Vladislav Tatarinovich, Italiya Deputatlar palatasi a’zosi Yevgenio Zoffili, Pokiston Senati raisi Siyid Yusuf Ro‘za Gilani, Ruminiya Senati raisi Mircha Abrudyan, Rossiya Federasiyasi Federal Majlisi Federasiya Kengashi a’zosi Natalya Kuvshinova, Serbiya Milliy Majlisi rais o‘rinbosari Yovan Yanchich, Tojikiston Oliy Majlisi Vakolatlilar palatasi raisi Fayzali Idizoda, hamda Global Bag‘rikenglik va Tinchlik Kengashi (GCTP) prezidenti Ahmad Aljarov ishtirok etdi. Ular zamonaviy davlatlarning huquqiy asoslarini mustaxkamlash, suverenitetni ta’minlash va milliy mustaqillikni saqlashda konstitutsiyalarning roliga oid fikr almashdilar.
Konferensiya doirasida mehmonlar va ishtirokchilar Faxriy xiyobonini ziyorat qilib, zamonaviy mustaqil Ozarbayjon asoschisi va me’mori Haydar Aliyev qabriga gulchambar qo‘ydilar.
Shundan so‘ng ular Shahidlar xiyoboniga yo‘l olib, Ozarbayjon ozodligi va mustaqilligi yo‘lida jonini fido etgan qahramonlar xotirasiga hurmat bajo keltirib, “Abadiy olov” yodgorligi poyoniga gulchambar qo‘ydilar.
 "Moskva yer yuzidan “supurib tashlanadi”
                    
                    "Moskva yer yuzidan “supurib tashlanadi”
                 Muhojirlar orasida birinchi: Ukrainaga qarshi urushda Rossiya armiyasi safida jang qilayotgan o‘zbeklar soni ma’lum bo‘ldi
                    
                    Muhojirlar orasida birinchi: Ukrainaga qarshi urushda Rossiya armiyasi safida jang qilayotgan o‘zbeklar soni ma’lum bo‘ldi
                 AQShning Ukraina bo‘yicha pozisiyasi tubdan o‘zgardi — Sergey Lavrov
                    
                    AQShning Ukraina bo‘yicha pozisiyasi tubdan o‘zgardi — Sergey Lavrov