Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor Ar-Riyodda o‘tgan yilning so‘nggi katta jangiga o‘z munosabatini bildirdi.
Superog‘ir vazn toifasida uchta asosiy yo‘nalish chempioni bo‘lib turgan ukrainalik Aleksandr Usik britaniyalik sobiq WBC kamari sohibi Tayson Fyurini ochkolar (116-112, 116-112, 116-112) hisobiga ko‘ra mag‘lubiyatga uchratgan edi. Fyurining faoliyatidagi har ikkala mag‘lubiyatini ham britaniyalikka Usik taqdim etdi.
"Ajoyib jang! Ikkalasi ham betakror bokschilar. Juda yaqin jang guvohiga aylandik. Bokschilar hammaga unutilmas onlarni taqdim etishdi. Rahmat, jentlmenlar. Bokschilarning jamoalariga rahmat. Rahmat, Saudiya Arabistoni!", — deya o‘zining X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida xabar qoldirgan Makgregor.