Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin ilk bor 21 dekabr kuni Qozon shahriga Ukraina dronlari hujumiga izoh berdi.
"Kim qanday urinmasin, bizda biror narsani buzishga harakat qilsa, u o‘z yurtida bundan bir necha barobar katta vayronagarchilikka duch keladi va mamlakatimizda nimadir qilishga uringani uchun pushaymon bo‘ladi," - dedi Rossiya Federasiyasi Prezidenti Rossiya mintaqalarida yangi transport infratuzilmasi inshootlarini videokonferensaloqa orqali ishga tushirish paytida.
Vladimir Putin, shuningdek, Tatariston rahbari Rustam Minnixanovga murojaat qilib, mintaqa rahbariyati "Qozon shahrida dushmanlarimiz va raqiblarimiz tomonidan yaqinda zarar yetkazilgan barcha narsalarni qayta tiklashiga" ishonch bildirdi.
Minnixanovning ma’lumotiga ko‘ra, Qozon shahriga hujum qilgan sakkizta dronning uchtasi mudofaa-sanoat majmuasi ob’ektlariga mo‘ljallangan edi. Qolgan dronlar turar-joy binolariga hujum qildi. Jabrlanganlar yo‘q. Hujum oqibatida shaharning uch tumanida yong‘inlar yuz berdi.