Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe «PSJ»dan faqat bir shart bilan ketishini ta’kidladi.
«Men dunyodagi eng katta klubga o‘tdim. Har doim aytganman, «Real» — bu men uchun «PSJ»ni tark etishga arziydigan yagona klub. Agar «Real»ga o‘tish imkoniyati bo‘lmaganida, butun umrimni «PSJ»da o‘tkazgan bo‘lar edim», — dedi Mbappe BeIN Sportsga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Kilian Mbappe 2024 yil yozida erkin agent sifatida «Real»ga o‘tdi va «PSJ» bilan shartnomasini uzaytirishdan bosh tortdi.