Bugun 18 may, 2026 yil, dushanba

КИР

Konor Makgregor UFC’ga qaytishi haqidagi anonsga munosabat bildirdi

Konor Makgregor UFC’ga qaytishi haqidagi anonsga munosabat bildirdi

UFC sobiq chempioni Konor Makgregor oktagonga qaytishi haqidagi anonsdan so‘ng ijtimoiy tarmoqda post qoldirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq UFC rahbari Dana Uayt Makgregor 11 iyul kuni UFC 329 turnirida Maks Xolloueyga qarshi yarimo‘rta vaznda jang qilishini ma’lum qilgandi.

"Men seni yana kulgiga qoldiraman, bolam", — deb yozdi Makgregor X ijtimoiy tarmog‘ida Xolloueyga murojaat qilib.

Makgregor va Xollouey ilk bor 2013 yilda jang qilishgan. O‘shanda irlandiyalik sportchi hakamlarning yakdil qarori bilan g‘alaba qozongan edi.

Kiritildi: 23:59 17.05.2026. O'qildi: 178 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!