Irlandiya terma jamoasining darvozaboni Gavin Bazunu Millatlar ligasi doirasida Isroilga qarshi o‘yinda maydonga tushishdan bosh tortdi. Futbolchi joriy siyosiy vaziyatga nisbatan prinsipial pozisiyasini asos qilib olgan holda, o‘z qarori haqida Irlandiya futbol assosiasiyasini xabardor qildi.
Irish Independet nashri xabariga ko‘ra, terma jamoadagi ba’zi jamoadoshlari ham Bazununing bu harakatini qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Ushbu norozilik tufayli Irlandiya terma jamoasining o‘yinoldi matbuot anjumani to‘satdan bekor qilindi, shuningdek, o‘yin o‘tkazilishi rejalashtirilgan Vengriyaning Debretsen shahrida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan mashg‘ulot ham keyingi vaqtga qoldirildi.