Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Konor Makgregor UFC bilan shartnomasida nechta jang qolganini aytdi

A A A
Konor Makgregor UFC bilan shartnomasida nechta jang qolganini aytdi

Mashhur irlandiyalik aralash yakkakurash (MMA) jangchisi, ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor oktagonga qaytishi mavzusida gapirdi.

“UFC bilan shartnomam tugashiga yana ikkita jangim bor. Hozir muzokaralar olib bormoqdaman. Mening ishtirokimdagi “Yo‘l bo‘yidagi uy” filmini targ‘ib qilish ishlari tugagach, o‘zimni izolyasiya qilaman. Va men oktagonga qaytish ustida ishlayman. Men buni juda xohlayman. Biz hozir 2024 yilning birinchi choragidamiz. Oldinda hali yilning katta qismi bor», - deya Makgregor so‘zlarini keltiradi MMA Fighting.

Konor 2021 yilning yozidan buyon jang o‘tkazmagan. O‘shanda u AQSh vakili Dastin Poryega yutqazib, jangda oyog‘ini sindirgan edi. Makgregor avvalroq navbatdagi jangini 2024 yil 29 iyun kuni o‘tkazishga umid qilayotganini aytgan va o‘ziga raqib sifatida Maykl Chandlerni ko‘rsatgan edi.

Kiritildi: 12:18 18.03.2024. O'qildi: 944 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!