Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Konor Makgregor Habib Nurmagomedov bilan jangidan qancha mablag‘ ishlab olgani ma’lum bo‘ldi

Konor Makgregor Habib Nurmagomedov bilan jangidan qancha mablag‘ ishlab olgani ma’lum bo‘ldi

Forbes talqiniga ko‘ra, UFC sobiq chempioni Konor Makgregor eng ko‘p haq to‘lanadigan mashhurlarning kuchli yuztaligiga kirdi.

Makgregor mazkur ro‘yxatga kirgan yagona MMA jangchisi hisoblanadi. Irlandiyalik 65-o‘rinni egalladi.

U 2018 yilda qariyb 47 million dollar ishlab topdi.

Manbaga ko‘ra, Konor Habib bilan kechgan jangdan 30 million dollar (gonorar hamda pulli efirlardan tushgan bonus mablag‘lar) atrofida ishlab oldi. Makgregor Reebok bilan tuzilgan shartnomaga ko‘ra 5 millionga ega bo‘ldi. Bundan tashqari jangchi o‘zining Proper 12 viskisi sotuvidan ham foydaga kirdi.

Eslatib o‘tamiz, Makgregor 2018 yilda Makgregor UFC’da bitta jang o‘tkazdi. Oktyabrda bo‘lib o‘tgan jangda u rossiyalik Habib Nurmagomedovga mag‘lub bo‘lgandi.

Ushbu ro‘yxatda qo‘shiqchi Teylor Svift birinchi o‘rinni egalladi. U o‘tgan yil 185 million dollar ishlab olgan. Hujumchi Lionel Messi esa eng ko‘p haq to‘lanadigan sportchi bo‘ldi (127 million dollar). Boks bo‘yicha o‘rta vazn toifasida WBC, WBA va IBF chempioni va ikkinchi o‘rta vaznda WBA Regular kamari sohibi meksikalik Saul Alvares 94 million atrofida ishlab topgan. U esa 10-o‘rinni band qilgan.

Kiritildi: 17:05 11.07.2019. O'qildi: 4279 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!