AQSh prezidenti Donald Tramp irlandiyalik jangchi, UFC'ning ikki vazndagi sobiq chempioni Konor Makgregor haqida o‘z fikrini bildirdi.
"Menga sizning jangchingiz juda yoqadi. Uning tatuirovkasi men ko‘rgan eng yaxshilaridan biri. Konor ajoyib… Irlandiyada har doim kuchli jangchilar bo‘lgan – bunga sabab ular baquvvat yigitlar", — dedi Tramp.
Ma’lumot uchun, Tramp UFC ishqibozi hisoblanadi va promoushenning oqshomlarini tomosha qilishga borib turadi.