Bugun 25 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

Kongoda Ebola virusidan vafot etganlar soni qariyb 800 kishiga yetdi

Kongoda Ebola virusidan vafot etganlar soni qariyb 800 kishiga yetdi

Kongo Demokratik Respublikasida (KDR) Ebola isitmasidan vafot etganlar soni qariyb 800 kishiga yetdi.

Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus tashkilot bosh qarorgohida bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.

"Hozirda 2073 ta holat qayd etilgan, ulardan 796 tasi o‘lim bilan yakunlangan", dedi u.

JSST rahbarining so‘zlariga ko‘ra, hozirgi epidemiya KDR tarixidagi uchinchi eng katta epidemiya hisoblanadi. So‘nggi bir oy ichida u avvalgi Ebola epidemiyalaridan tezroq tarqaldi.

Kiritildi: 08:41 17.07.2026. O'qildi: 805 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!