Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Ebola virusi Kongo Demokratik Respublikasining yangi hududlari bo‘ylab tarqalmoqda, shifokorlar uchun esa vaziyatni nazorat qilish tobora qiyinlashib bormoqda.
"Kongodagi shaharlardan birida Eboladan vafot etgan shaxsni xavfsiz dafn etish jarayoni paytida tibbiyot brigadasiga hujum qilingan, buni oqibatida jasadni mahalliy aholiga qoldirishga majbur bo‘lingan. Boshqa bir shaharda esa virus bilan kasallangan 11 nafar bemor maxsus kasalxonadan qochib ketgan", deya xabar bermoqda Bloomberg.
Kongoda allaqachon 363 ta kasallanish va 62 ta o‘lim holati tasdiqlangan. Shuningdek, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Ebola yuqtirgan shaxsning BAA va Ugandaga safaridan so‘ng, virusning mamlakat tashqarisiga tarqalishi ehtimolini tekshirmoqda.