Kongo Demokratik Respublikasi milliy jamoasining JCH-2026dagi ishtiroki atrofida, mamlakatda Ebola bezgining kuchayishi sababli vaziyat jiddiylashgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi.
Ma’lum qilinishicha, kongolik futbolchilar AQSH, Kanada va Meksikaga kirish uchun faqat manfiy tibbiy tekshiruv natijalari bo‘lgan taqdirdagina ruxsat olishlari mumkin. Ammo muxlislar uchun AQShga kirish cheklanishi ehtimoli yuqori.
FIFA hamda Politico va CNN kabi manbalarga ko‘ra, AQShda Ebola virusi sababli kuchaytirilgan sanitar nazorat joriy etilgan. Uganda, Kongo DR va Janubiy Sudanga borgan xorijlik fuqarolar uchun kirish taqiqlari e’lon qilingan.
Hatto JCH-2026ga qadar bu cheklov bekor qilinsa ham, kongolik muxlislar baribir o‘yinlarga kira olmasligi mumkin, chunki ular AQShga kirgach bir necha haftalik karantindan o‘tishga majbur bo‘ladi.