Bugun 18 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Kongo Demokratik Respublikasida 8 may kuni uyushtirilgan terakt qurbonlari soni 35 kishiga yetdi

Kongo Demokratik Respublikasida 8 may kuni uyushtirilgan terakt qurbonlari soni 35 kishiga yetdi

Bu haqda jurnalistlarga Ruanda bilan chegaradosh Goma shahri hokimiyati vakili Erik Bvanapuva ma’lum qildi.

Uning eslatishicha, portlash qochqinlar lagerida sodir bo‘lgan, halok bo‘lganlar orasida ayollar va bolalar ham bor. Hozircha hech qaysi guruh hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi.

Rasmiylar qonli jinoyatni uyushtirish ortida isyonchi guruhlar turgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

So‘nggi oylarda 23 mart Harakati (M23) a’zolari Kongo DR sharqida ko‘plab qishloq va shaharlar ustidan nazorat o‘rnatdilar.

2021 yil noyabr oyidan beri tez-tez sodir bo‘lgan hujumlar tufayli minglab tinch aholi mintaqadagi uylarini tashlab ketishdi. Hujumlar Kongo DR va Ruanda o‘rtasidagi munosabatlarda inqirozga olib keldi.

Kongo DR Ruandani oltin va kobalt kabi foydali qazilmalarga boy yerlarini o‘z manfaatlari yo‘lida bosib olishga urinishda hamda M23 isyonchilarini qo‘llab-quvvatlashda ayblaydi. Ruanda rasmiylari ayblovlarni rad etadi.

Kiritildi: 20:44 11.05.2024. O'qildi: 1043 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!