Bugun 4 avgust, 2025 yil, dushanba

КИР

Konferensiyalar ligasi. "Bashekshexir" yirik hisobda g‘alaba qozondi, Shomurodov zaxiradan maydonga tushdi, Fayzullayev qaydnomaga kiritilmadi

Konferensiyalar ligasi. "Bashekshexir" yirik hisobda g‘alaba qozondi, Shomurodov zaxiradan maydonga tushdi, Fayzullayev qaydnomaga kiritilmadi

Konferensiyalar ligasi ikkinchi saralash bosqichi doirasida "Istanbul Bashakshexir" jamoasi "Cherno More"ga qarshi javob o‘yinini o‘tkazdi va yirik 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Istanbulliklar safida Ivan Brnich, Migel Krespo, Nunu da Koshta va Kristofer Operi gollarga mualliflik qildi.

Hamyurtimiz Eldor Shomurodov o‘yinning 58-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi va o‘yin oxirigacha harakat qildi. Yana bir hamyurtimiz Abbosbek Fayzullayev qaydnomaga kiritilmadi.

"Bashakshexir" ilk o‘yinda 1:0 hisobida g‘alaba qozongan edi. Ular ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 5:0 hisobida muvaffaqiyat qozondi va 3-saralash bosqichiga yo‘l oldi.

Kiritildi: 06:32 01.08.2025. O'qildi: 895 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!