Bugun 26 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

«Kommersant»: Rossiya AQSh bilan Zaporojye AES ustidan qo‘shma nazorat masalasini muhokama qilyapti

«Kommersant»: Rossiya AQSh bilan Zaporojye AES ustidan qo‘shma nazorat masalasini muhokama qilyapti

Rossiya va AQSh Ukraina ishtirokisiz, Rossiya qo‘shinlari tomonidan egallab olingan Zaporojye atom elektr stansiyasini qo‘shma boshqarish masalasini muhokama qilmoqda. Bu haqda manbasini oshkor etmagan holda «Kommersant» nashri xabar berdi.

Nashrning ma’lum qilishicha, Putin bu haqda 24 dekabr kuni biznes vakillari bilan bo‘lib o‘tgan yopiq uchrashuvda gapirgan. Nashr muxbiri Andrey Kolesnikovning so‘zlariga ko‘ra, Putin «amerikalik hamkorlar, masalan, Zaporojye AESda mayning bilan shug‘ullanishga qiziqish bildirishgan. Shuningdek, Ukrainaga elektr energiyasi yetkazib berish masalasi ham AQSh tashabbusi bilan muhokama qilingan»ini aytgan.

Kolesnikovning qo‘shimcha qilishicha, Putin AQSh tomoni Rossiyadan Ukraina mutaxassislari AESda ishlashi mumkinmi yoki yo‘qligi bilan qiziqqanini bildirgan. Putin esa bunga «ular hozir ham u yerda ishlayapti, avvalgidek, faqat endi ularning pasportlari Rossiyaniki», deb javob bergan.

Rossiya Zaporojye AESni (Evropadagi eng yirik atom elektr stansiyasi) Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli bosqinning ilk kunlaridayoq egallab olgan edi. Stansiya ustidan nazorat masalasi Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaroni hal etish bo‘yicha muzokaralarda ko‘tarilayotgan asosiy mavzulardan biri hisoblanadi.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy avvalroq AQSh tomoni AESni Ukraina, Rossiya va AQSh qo‘shma tarzda ekspluatasiya qilishni taklif etayotganini ma’lum qilgan edi. Bu holatda AQSh qo‘shma korxonaning asosiy menejeri bo‘lishi kerak.

Zelenskiyning aytishicha, Ukraina stansiyani faqat Kiyev va Vashington birgalikda boshqarish tarafdori. Bunday modelda ishlab chiqarilgan elektr energiyasining 50 foizi Ukrainaga, qolgan 50 foizi esa AQShga taqsimlanishi mumkin.

Kiritildi: Bugun 13:21. O'qildi: 187 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!