Bugun 26 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

"Moskva ko‘z yoshlarga ishonmaydi" filmi bosh qahramoni Vera Alentova vafot etdi

"Moskva ko‘z yoshlarga ishonmaydi" filmi bosh qahramoni Vera Alentova vafot etdi

Rossiya xalq artisti Vera Alentova 83 yoshida vafot etdi. Bu haqda Pushkin nomidagi drama teatri matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, aktrisa Mayakovskiy nomidagi teatrda bo‘lib o‘tgan aktyor Anatoliy Loboskiy bilan xayrlashuv marosimi vaqtida o‘zini yomon his qilgan. U tez yordam xodimlari tomonidan shifoxonaga olib ketilgan, ammo san’atkorning hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmagan.

Vera Alentova "Moskva ko‘z yoshlarga ishonmaydi" filmida bosh rolni ijro etgan. U yaratgan Katerina Tixomirova obrazi Moskvaga kelib, oddiy ishchidan yirik korxona rahbarigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan, shu bilan birga shaxsiy baxtini ham topgan ayol taqdirini aks ettiradi.

Vera Alentova 2021 yilda vafot etgan ushbu film rejissyori Vladimir Menshovning rafiqasi edi.

Aktrisa, shuningdek, "Balzak yoshi yoki barcha erkaklar o‘z...", "Shirli-mirli", "Ertaga urush bo‘ldi", Mayamilik kuyov" filmlaridagi rollari bilan ham keng tanilgan.

U 60 yil davomida A. S. Pushkin nomidagi drama teatri sahnasida ham ijod qilgan.

Kiritildi: 20:28 25.12.2025. O'qildi: 681 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!