Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Kommentlar uchun javobgarlik: Rivojlangan mamlakatlarda ahvol qanday?

Kommentlar uchun javobgarlik: Rivojlangan mamlakatlarda ahvol qanday?

Biroz avval Komil Allamjonovning axborot olami to‘g‘risidagi rasmiy bayonoti e’lon qilingani to‘g‘risida xabar bergan edik. Mazkur bayonotda Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi rahbari Komil Allamjonov o‘z bayonotida mualliflarning e’lon qilayotgan xabari uchun mas’ul ekanini ta’kidlab, xabar ostida qoldiriladigan o‘quvchilarning izohlari uchun ham javobgarlikni ularga yuklagan edi.

“Bundan buyon har bir OAV, blogerlar, ijtimoiy tarmoqlar va mobil messendjerlardagi guruhlar moderatorlari nafaqat o‘zlari yozgan ma’lumotlarda yuqoridagi talabga rioya qilishlari, balki ular ostidagi fuqarolar feyk akkauntlar yoki trollar tomonidan yozilayotgan davlataxborot xavfsizligiga tahdid soluvchi buzg‘unchi sharhlar, haqoratli so‘zlar, tahqirlashlar, yolg‘on izohlar uchun ham qonunda belgilangan tartib asosida javobgar bo‘lishlarini eslatib o‘tmoqchimiz, degan Komil Allamjonov.

Bayonotning aynan shu qismi ijtimoiy tarmoqlarda turli tanqidiy fikrlarga sabab bo‘ldi. Post ostiga yozilgan izohlarni nazorat qilishning amalda imkoni yo‘qligi ta’kidlanmoqda. Buning uchun muallifdan 24 soat internetni kuzatish va "xavfli" kommentni o‘chirishga shay turish talab etiladi. Xo‘sh, bu borada rivojlangan mamlakatlarda tartib qanday? Faol blogerlardan biri Nurbek Alimov xalqaro miqyosda postlardagi kommentlar uchun javobgarlik masalasini o‘rganishga harakat qildi. 

Rossiya: 2010 yilda Rossiya Federasiyasi Oliy sudi qaror qabul qildi (PVS № 162010 yil 15 iyundagi "Sudlar tomonidan Rossiya Federasiyasining “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida "gi qonunini qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida"), unda ommaviy axborot vositalarining o‘quvchilar sharhlari uchun javobgar bo‘lmasliklarini, bu sharhlarni oldindan yozib olinmasdan shunchaki to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga ketadigan mualliflik huquqi bilan himoyalangan kontent bilan tenglashtirishi mumkinligi to‘g‘risida tushuntirdi. Javobgarlikdan ozod qilish uchun bitta shart bajarilishi kerak edi - foydalanuvchi sharhlari sayt tomonidan avval moderasiya qilinmasdan yoki tahrirlanmasdan joylashtirilishi kerak. Agar sharh faqat sayt xodimi tomonidan dastlabki tekshiruvdan so‘ng e’lon qilingan bo‘lsa, foydalanuvchi va OAV tahririyati bunday sharhni tarqatganliklari uchun javobgar bo‘ladilar. (https://jrnlst.ru/comments) Tushunyapsiza? Agar saytda oldindan tekshiruvsiz komment qoldirganlar uchun sayt javobgar emas qilib belgilangan. Agar sayt tekshiruvdan o‘tkazib o‘sha kommentariylarni qo‘yib yuborsa javobgar bo‘lgan. Biroq, 2013 yilda Rossiya Federasiyasining Konstitusiyaviy Sudi ommaviy axborot vositalari statusiga ega bo‘lmagan saytlarning egalari foydalanuvchining sharhlari uchun javobgar bo‘lishlari va sud qaroriga binoan ularni yo‘q qilishlari kerakligi to‘g‘risida qaror qabul qildilar (https://www.gazeta.ru/social/2013/07/09/5418457.shtml?updated). (Shunda ham zudlik bilan emas, shunchaki oldin aytib o‘tganimday sud qarori bilan)  Rossiyada "Internetda fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilishning qo‘shimcha qonuniy kafolatlari" joriy etildi. Sayt egalari bundan g‘azablanib: "Shunda Putin mamlakatning bosh ma’muri sifatida ko‘chada kimdur so‘kingani uchun ham javobgar bo‘lishi kerak bo‘ladimi?" deya istehzo qilishgan edi.

AQSH: Amerika Qo‘shma Shtatlarida 1996 yilda qabul qilingan "Mediya bilan aloqa qilishda odob-axloq to‘g‘risida" qonuni mavjud. (Communications Decency Act (https://www.minclaw.com/legal-resource-center/what-is-section-230-of-the-communication-decency-act-cda/))
Bu Qonunga ko‘ra, boshqa odamlar yoki tashkilotlar e’lon qiladigan sharhlar uchun saytlar yoki internet-provayderlar javobgarlikdan ozod qilinadi. Ya’ni, shunchaki sizning saytingizda yoki blogingizda qoldirilgan sharh uchun siz javobgar emassiz!

Germaniya: 2007 yilda Germaniyada Internet-resurslarni tartibga solish to‘g‘risida (https://www.gesetze-im-internet.de/tmg/)gi qonun kuchga kirdi. Hujjatga ko‘ra, Internet-portallar muharrirlari, forumlardagi noo‘rin izohlar uchun javobgardirlar - lekin ular bunday sharh mavjudligini bilgandan keyingina. (Bunda ham zudlik bilan emas, senga o‘sha kommentda xaqoratlangan inson murojat qilsa va o‘sha gaplar yolg‘on ekanligini va uni sha’niga dog‘ tushirishi mumkin bo‘lgan gaplar ekanligi isbotlanib bundan seni ogoxlantirishsa.) Bu qonun nafaqat onlayn ommaviy axborot vositalariga, balki boshqa har qanday onlayn manbalarga ham taalluqlidir. Ular orasida bloglar, mahfiy saytlar, onlayn auksionlar va hatto qidiruv tizimlari mavjud.  Germaniyada har qanday fuqaro va har qanday tashkilot yoki kompaniya sharhni olib tashlashni SUD orqali talab qilishi mumkin.

Finlyandiya: Finlyandiya Media kengashi 2011 yilda sharhlarni tahrirlash va onlayn nashrlarda e’lon qilish talablarini qabul qildi. (https://yle.fi/uutiset/3-5418455) Yangi qoidalarga ko‘ra, nashrlarga, xususan, inson qadr-qimmatiga tahdid soluvchi izohlarni rad etish va noma’lum xarakterdagi sharhlarning nashr etilishiga yo‘l qo‘ymaslik TAVSIYa etiladi. (majburlanmaydi!)

Ayrim saytlar esa o‘z ichki tartib qoidalarini belgilab sharhlarni moderasiya qilish xuquqini o‘zida qoldirgan xolda ishlaydi.

Shunga qaramay yuqorida sanab o‘tilgan davlatlarda tarmoqdagi shaxsiy profilinga yozgan post ostidagi kommentlar xaqida umuman gap yo‘q. Mabodo umumlashtirilgan bo‘lsa ham Germaniya va Rossiyada sud qarori bilan o‘chirishing mumkin sharxni, Finlyandiya o‘chirishni tavsiya etadi va majburlamaydi. AQSh esa demokratiya va so‘z erkinligining ini sifatida, bloger yoki saytni unda boshqalar tomonidan qoldirilgan sharhlar uchun umuman javobgarlikka tortmaydi.

Kiritildi: 14:47 14.08.2019. O'qildi: 2126 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!