Kolumbiyaning sharqiy qismida Huey II vertolyotining qulab tushishi oqibatida mamlakat harbiy-havo kuchlarining sakkiz nafar xizmatchisi halok bo‘ldi.
Bu haqda respublika prezidenti Gustavo Petro X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
Kolumbiya harbiy-havo kuchlarining ma’lum qilishicha, vertolyotning halokatga uchrashi oqibatida uning bortidagi barcha xodimlar halok bo‘ldi. Vertolyot ekipaji tibbiy evakuasiya missiyasini bajarayotgan edi.
Hodisa sabablari hali aniqlanmadi