Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Kolumbiyada noma’lum shaxslar vise-prezidentning mashinasiga qarata o‘q uzdi

Kolumbiyada noma’lum shaxslar vise-prezidentning mashinasiga qarata o‘q uzdi

Kolumbiya vise-prezidenti Fransiya Markes sayohat qiladigan mashina mamlakat g‘arbida o‘qqa tutildi.

Bu haqda Kolumbiya vise-prezidenti bayonotida aytiladi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, hodisa vaqtida u mashina ichida bo‘lmagan, hujum natijasida hech kim jabrlanmagan.

Kolumbiya vise-prezidentining so‘zlariga ko‘ra, favqulodda holat u ish safari bilan bo‘lgan mamlakat g‘arbidagi Kauka departamentidagi Suares munisipalitetini tark etganidan keyin sodir bo‘lgan.

Kiritildi: 10:56 11.07.2024. O'qildi: 835 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!