Bugun 26 oktyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Kolumbiya Venesuelada saqlanayotgan 17 nafar fuqarosining ozod etilganini ma’lum qildi

Kolumbiya Venesuelada saqlanayotgan 17 nafar fuqarosining ozod etilganini ma’lum qildi

Kolumbiya Venesuela qamoqxonalarida saqlanayotgan 17 nafar fuqarosining ozod etilganini e’lon qildi.

Kolumbiya Tashqi ishlar vazirligi bayonotida qayd etilishicha, Tashqi ishlar vaziri Rosa Yolanda Villavisensioning faol diplomatik sa’y-harakatlari natijasida Venesuelaning turli qamoqxonalarida saqlanayotgan 17 nafar kolumbiyalik ozod etilgan.

Vazir davlat telekanali orqali qilgan chiqishida Venesuela Tashqi ishlar vaziri Ivan Gilga yaqin hamkorlik va amalga oshirilgan ishlar uchun minnatdorlik bildirdi.

“Bu bizning fuqarolarimiz huquqlarini ta’minlash va ularning oilalari murojaatlariga javob berish yo‘lidagi muhim qadamdir. Kolumbiyaliklarni xorijda himoya qilish — prezident ma’muriyatining ustuvor vazifasi”, — dedi Villavisensio.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Gil bilan muloqot hozirda Venesuelada hibsda saqlanayotgan boshqa kolumbiyaliklarni ozod etishni ta’minlash maqsadida davom ettiriladi.

Milliy OAV xabariga ko‘ra, Venesuelada qamalgan kolumbiyaliklar terrorchilik va sabotaj rejalarini tayyorlash, hamda mamlakatda ichki tartibsizliklarni keltirib chiqarish uchun muxolifat bilan hamkorlik qilishda ayblangan.

Kiritildi: 15:08 25.10.2025. O'qildi: 382 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!