Gustavo Petro 21 iyunga qadar lavozimidan vaqtincha chetlatilishi mumkin. Bu haqda Reuters agentligi maxsus tergov komissiyasidagi manbalariga tayanib xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, komissiya prezidentni vaqtincha vazifasidan chetlatish bo‘yicha qaror qabul qilish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Shu bilan birga, mahalliy El Tiempo nashri bunday qaror allaqachon qabul qilinganini da’vo qilgan.
Manbalarning ta’kidlashicha, ehtimoliy chetlatish jazo emas, balki tergov davomida qo‘llaniladigan ehtiyot chorasi hisoblanadi.
9 iyun kuni prezident Petroga nisbatan ikki ta intizomiy tergov boshlangan. Tergovlar uning saylovlar arafasida siyosiy kampaniya tadbirlarida qatnashgani va davlat rahbari sifatida siyosiy jarayonlarga aralashgan bo‘lishi mumkinligi bilan bog‘liq.
Xususan, tekshiruvga sabab bo‘lgan holatlardan biri — Petroning mintaqaviy parlamentdagi chiqishi bo‘lib, unda muxolifat vakillariga nisbatan keskin tanqidlar yangragan.
Gustavo Petroning o‘zi navbatdagi prezidentlik saylovlarida ishtirok etmasligini ma’lum qilgan. Hozirda hokimiyatdagi Tarixiy shartnoma koalisiyasi nomidan Ivan Sepeda saylovda qatnashmoqda.
Dastlabki ovoz berish natijalariga ko‘ra, Ivan Sepeda 40,9 foiz ovoz to‘plagan. Muxolifatdagi Vatan uchun firma partiyasi vakili Abelardo de la Espriella esa 43,7 foiz bilan yetakchilik qilmoqda.