Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro mamlakat shimolida isyonchi guruhlar o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuvlar sababli mamlakatda favqulodda holat e’lon qildi.
Bu haqda davlat rahbari "X" ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qilgan.
Petroning ta’kidlashicha, iqtisodiyotdagi ichki qo‘zg‘alishlar va favqulodda holat munosabati bilan alohida holat joriy etilmoqda. Prezident Kolumbiya sud tizimi uning qarorini qo‘llab-quvvatlashiga umid bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning sentyabrida Petro mamlakatda uni yo‘q qilish yoki lavozimidan chetlashtirish maqsadida davlat to‘ntarishiga tayyorgarlik ko‘rilayotganini aytgan edi. Bu bayonotlar siyosatchiga nisbatan uning prezidentlik saylovoldi kampaniyasini moliyalashtirish manbalari yuzasidan tergov olib borilayotgan bir paytda yangramoqda. Petroning so‘zlariga ko‘ra, uni “noqonuniy organ” sud qilmoqda.