Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro, AQShda hujjatsiz ishlayotgan kolumbiyaliklarga o‘z vataniga qaytishni so‘radi.
O‘zining X ijtimoiy media platformasidagi bayonotida Petro, AQShda yashayotgan va kerakli hujjatlarga ega bo‘lmagan kolumbiyaliklarga murojaat qildi.
Prezident Petro: «AQShda hujjatsiz ishlayotgan kolumbiyaliklardan darhol ishni to‘xtatishni va iloji boricha tezroq Kolumbiyaga qaytishni iltimos qilaman. Boylik faqat ishlayotgan odamlar tomonidan yaratiladi. Kolumbiyaning Ijtimoiy ta’minot departamenti o‘zining dasturlarida ishtirok etadigan qaytganlarga samarali kreditlar berishga harakat qiladi. Keling, Kolumbiyaning ijtimoiy boyligini birgalikda quraylik», - dedi.
30 yanvar kuni qilgan bayonotida Petro, AQShdan noqonuniy muhojirlarni deportasiya qilish jarayonini «konchentrasion lagerlar» bilan solishtirdi.
Kolumbiya rahbari Petro va AQSh prezidenti Donald Tramp o‘rtasida bir necha vaqtdan beri noqonuniy muhojirlar masalasiga bo‘lgan qarashlaridagi ziddiyat tufayli taranglik mavjud.