Kolumbiya Tashqi ishlar vazirligi Isroilning Golan tepaliklari ustidan suverenitetini rasman tan olganini ma’lum qildi.
Vazirlikning X ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilingan bayonotida ushbu strategik hudud ustidan nazorat Isroil milliy mudofaasining «ajralmas tarkibiy qismi» ekani va Yaqin Sharqdagi beqarorlik davom etayotgan bir sharoitda mamlakat fuqarolarini tashqi tahdidlardan himoya qilish qobiliyati uchun muhim ekani ta’kidlangan.
Ikki tomonlama kelishuv 8 avgust kuni Isroil tashqi ishlar vaziri Gideon Saarning o‘ng qanot siyosatchisi Abelardo de la Esprielya bilan uchrashuvida erishilgan kelishuvlar natijasi bo‘ldi. Saar Bogotaning bu qadamini «tarixiy qaror» deb atab, Kolumbiya AQShga qo‘shilib, Golan tepaliklarining Isroilga tegishli maqomini rasman qo‘llab-quvvatlagan BMTga a’zo ikkinchi davlat bo‘lganini ta’kidladi.
Golan tepaliklarini tan olish de la Esprielya ma’muriyatining Gustavo Petro boshchiligidagi avvalgi so‘l hukumatning Isroilga qarshi ritorikasidan to‘liq voz kechganini anglatadi.
Golan tepaliklari bo‘yicha qarordan tashqari, Bogota Tel-Aviv bilan to‘liq diplomatik munosabatlarni tiklashni rejalashtirmoqda hamda Falastinda elchixona ochish rejalarini muzlatdi.