Bugun 19 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Kollej va texnikumlarga test sinovlarining yakuniy natijalari 3 oktyabr kuni e’lon qilinadi

A A A
Kollej va texnikumlarga test sinovlarining yakuniy natijalari 3 oktyabr kuni e’lon qilinadi

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova ma’lum qildi.

26 sentyabrdan 2023/2024 o‘quv yili uchun kollej va texnikumlarga kirish test sinovlari boshlanadi. Imtihonlar 26-29 sentyabr kunlari ikki smenada tashkil etiladi.

Texnikumlarda 25 sentyabr kunidan kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi.

Imtihonlarni ochiq va shaffof o‘tishini ta’minlash maqsadida keng jamoatchilik orasidan 1 500 nafar kishi guruh nazoratchisi sifatida jalb etilgan.

Bu yil respublika bo‘yicha jami 327 ta kollej va texnikumga 175 853 nafar abituriyent hujjat topshirdi. Ulardan 140 868 nafari – kunduzgi, 28 649 nafari – sirtqi, 243 nafari – kechki va 6 093 nafari – dual ta’lim shakli bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan.

Kiritildi: 19:05 25.09.2023. O'qildi: 1166 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!