Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Kogonda is gazidan zaharlangan 3 nafar fuqaro — ona va bola vafot etdi

Kogonda is gazidan zaharlangan 3 nafar fuqaro —  ona va bola vafot etdi

Buxoro viloyatining Kogon shahrida uch nafar fuqaro is gazidan zaharlanishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda «Daryo»ga Kogon shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i G‘ayrat Tog‘ayev xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, voqea 23 dekabr, chorshanba kuni sodir bo‘lgan.

Kogon shahar IIB navbatchilik qismiga 2020 yil 23 dekabr kuni soat 16:50 da shahardagi «Xo‘jabargi» mahallasi, Farovonlik ko‘chasidagi 120-xonadonda is gazidan zaharlanish oqibatida ona va uning ikki nafar farzandi vafot etgani haqida xabar berilgan.

Mas’ullarning voqea joyiga borib, holatga oydinlik kiritishicha, xonadondagi isitish pechining mo‘risi mato bilan to‘sib qo‘yilgan va bu o‘z-o‘zidan is gazi tutunining tashqariga chiqib ketishiga to‘sqinlik qilgan. Oqibatda uy ichkarisida is gazi to‘plangan va xonadon egasi N.Q. va uning to‘rt yoshli o‘g‘li B.H., ikki yoshli qizi S.S.ning is gazidan zaharlanib vafot etishiga sabab bo‘lgan.

Ona va bolalarning o‘limi bilan bog‘liq holatlarni aniqlash maqsadida sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan va aloqador shaxslardan tushuntirish xati olingan. Shuningdek, Kogon shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryoda 13 nafar o‘smir is gazidan zaharlangani, keyinchalik ularning aksariyatiga shifoxonadan uyiga ruxsat berilgani xabar qilingandi.

Kiritildi: 19:15 24.12.2020. O'qildi: 2415 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!